Korxonamiz faoliyati davomida rivojlanishi hamda yutuqlaridan kelib chiqib aytish mumkinki: “Makaron mahsulotlari” hamda “Yodlangan osh tuzi” mahsulotlarini ishlab chiqarishda 18 yillik tajribaga erishdik.
Korxonamiz “Yod tanqisligi kasalligi”ni oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarda alohida o‘ringa ega.
Korxonamizda zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan jihozlangan laboratoriya mavjud bo‘lib, unda tajribali mutaxassis laborantlar faoliyat yuritmoqda. Korxonamizda ishlab chiqarilayotgan yodlangan osh tuzlaridagi yod miqdorining standart talablariga muvofiqligi laboratoriyamiz mutaxassislari tomonidan doimiy ravishda zamonaviy asbob-uskunalar yordamida nazorat qilib boriladi.
