Korxonamiz 1997 yilda «Quvonch» fermer xo‘jaligi tarkibida ishlab chiqarish tsexi shaklida o‘z faoliyatini boshlagan. Keyinchalik ishlab chiqarish tsexi mahsulotlari turlari va hajmlarining oshishi natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotga ichki bozorlarda talab ortishini hisobga olgan holda, 2010 yildan boshlab ishlab chiqarish tsexi «XONQA BILLUR SALT» xususiy korxonasi nomi bilan o‘z faoliyatini davom qildirmoqda.
Korxonamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini tinimsiz oshirish hamda mahsulotlarimizni bozor talablari asosida narxlarini mehnat unumdorligini oshirish va yangi texnologiyalarni qo‘llash hisobiga barqaror ushlab turish natijasida mahsulot turlari va hajmlari yil sayin oshib bormoqda. Korxonamiz har yili o‘tkazib kelinayotgan yarmarka va ko‘riklarda qatnashib keladi. Bir necha bor tuman va viloyat tashabbus ko‘rik tanlovlarining g‘olibi bo‘lgan.
Korxonamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati oshib borayotganligi, bozor talablarini inobatga olgan holda mahsulot turlari va hajmlarini kengaytirayotganligi, yangi ish o‘rinlari yaratayotganligi hamda kollej talabalarini ish bilan ta’minlayotganligi bois, 2008 yilda “Tashabbus-2008” ko‘rik tanlovining sovrindori sifatida tan olindi va mukofotlandi.
Korxonamizda 2007 yilda Yevropalik hamkorlardan 41 000 AQSh dollarlik “Makaron mahsulotlari ishlab chiqarish”, hamda 30 000 AQSh dollarlik “Yodlangan tuz ishlab chiqarish” dastgohlari olib kelindi va ishga tushirildi.
Korxonamiz ishlab chiqarishni yanada oshirish maqsadida 2011 yilda Yevropalik hamkorlar bilan jami 383 907 AQSh dollari qiymatidagi ikkita shartnoma tuzilib, yangi zamonaviy “Makaron mahsulotlari ishlab chiqarish” dastgohlari sotib olindi va 2012 yilda ishga tushirildi.
2012 yilda Yevropalik hamkorlar bilan 155 400 AQSh dollari qiymatida shartnoma imzolanib, yangi zamonaviy “Yodlangan osh tuzi ishlab chiqarish” liniyasi sotib olindi va shu yilda ishga tushirildi.
Korxonamiz 2013 yilda bankdan 2 milliard 500 million so‘mlik kredit olib, ushbu mablag‘ hisobiga “Polietilen va polipropilen mahsulotlari” ishlab chiqarish dastgohlari va ishlab chiqarish binolarini sotib oldi hamda ishga tushirdi.
Yuqoridagi barcha sa’y-harakatlar va rivojlanishlar albatta Davlatimiz rahbari Islom Abdug‘anievich Karimov tomonidan respublikamizdagi tadbirkorlarga yaratilgan qulayliklar, imtiyozlar va imkoniyatlar hisobiga amalga oshirilmoqda.
Korxonada unumli ish hamda sifatli boshqaruv tizimi tashkil qilingan.
Shu tufayli korxonamizga 2014 yilda “Yodlangan osh tuzi va makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish” faoliyatiga nisbatan xalqaro sifat menejmenti tizimi O‘zDSt ISO 9001:2009 (ISO 9001:2008) talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikat berildi.
Korxonamiz faoliyati davomida rivojlanishi hamda yutuqlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, “Makaron mahsulotlari” hamda “Yodlangan osh tuzi” ishlab chiqarishda 18 yillik tajribaga erishdik.
Korxonamiz “Yod tanqisligi kasalligi”ni oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarda alohida o‘ringa ega.
Korxonamizda zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan laboratoriya mavjud bo‘lib, unda tajribali mutaxassis laborantlar faoliyat yuritmoqda. Ishlab chiqarilayotgan yodlangan osh tuzlaridagi yod miqdorining standart talablariga muvofiqligi laboratoriya mutaxassislari tomonidan zamonaviy asbob-uskunalar yordamida doimiy ravishda nazorat qilib boriladi.
Oshxonangizda ovqat va turli xil pishiriqlarni tayyorlashda sifatli mahsulotlardan foydalaning — shunda siz kutgan ta’mni his qilasiz.
«XONQA BILLUR SALT» xususiy korxonasi sizga hamisha sog‘liq tilaydi.
