Faoliyat Korxonamiz faoliyati davomida rivojlanishi hamda yutuqlaridan kelib chiqib aytish mumkinki: "Makaron mahsulotlari” hamda "Yodlangan osh tuzi” mahsulotlarini ishlab – chiqarishda 18 yillik tajribaga erishdik.
Korxonamiz «Yod tanqisligi kasalligi»ni oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarda alohida o‘ringa ega.
Korxonamizda zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan jihozlangan laboratoriya mavjud bo‘lib unda tajribali mutaxasis laborantlar ishlab kelmoqda. Korxonamizda ishlab –chiqarilayotgan yodlangan osh tuzlaridagi yod miqdorini standart talablariga muvofiqligi, laboratoriyamizdagi mutaxasislar tamonidan doimiy ravishda zamonamiy asbob uskunalar yordamida kuzatib boriladi.
|
Sahifalar
|