“CHORVA UCHUN SOG‘LOM O‘SISH VA YUQORI MAHSULDORLIK!”
ISHLATISH USULI:
Mineral-tuzli ozuqa qo‘shimchani har kuni, asosiy ozuqa (yem, kepak, maydalangan don, silos yoki somon) ustiga sepib yoki yaxshilab aralashtirib beriladi.
HAYVONLAR TURIGA QARAB KUNLIK MEYORLARI:
- Sog‘liq sigirlar: kuniga 150-200 g.
- Buqalar (bo‘rdoqiga boqilayotgan): kuniga 100-150 g.
- Buzoqlar (6 oylikdan katta): kuniga 60-100 g.
- Qo‘y va echkilar (kattalari): kuniga 25-35 g.
- Qo‘zichoq va uloqchalar: kuniga 10-15 g.
- Otlar: kuniga 80-120 g.
ASOSIY AFZALLIKLARI:
- Ishtahani yaxshilaydi.
- Hazm qilish jarayonini normallashtiradi.
- Ichaklardagi foydali mikroflorani himoya qiladi.
- Suyaklarni va tishlarni mustahkamlaydi.
- Bo‘qoq va anemiya kasalliklarini oldini oladi.
- Sut va go‘sht mahsuldorligini oshiradi.
QO‘LLANILISHI:
Qoramol, qo‘y, echki va otlar uchun.
SUV BILAN TA’MINLASH:
Mahsulot tarkibida tuz miqdori yuqori bo‘lganligi sababli, hayvonlarning oldida doimo toza ichimlik suvi bo‘lishi shart.

