Qishloq xo'jaligi (qoramol, echki va qo'y, otlar) va yovvoyi hayvonlar uchun mineral tuzlarning presslangan tuz bloki (lizunes) ko'rinishidagi minerallashtirilgan ozuqa qo'shimchasidir.
HAYVONLAR TANASIDA TUZ TANQISLIGINI TO'LDIRADI:
- Tananing kasalliklarga qarshi himoyasini mustahkamlaydi va kuchaytiradi;
- Moddalar almashinuvini me'yorlashtiradi;
- Ishtahani ochadi, ovqat hazm qilish va ozuqa moddalarining hazm bo'lishini me'yorlashtiradi;
- Immunitetni oshiradi;
- Suyak to'qimalari shakllanishiga yordam beradi;
- Hayvonlarning tanasini mikro va makro elementlarga boyitadi;
- Hayvonlarning vaznini va sut miqdorini oshishiga hamda yog'lilik darajasini ko'payishiga yordam beradi;
- Organizmning yuqumli kasalliklarga ya'ni hayvonlarning oyoq-og'iz kasalligi kabi kasalliklarga chidamliligini oshiradi.
QO'LLASH USULI VA DOZASI:
Tuz bloki (lizunes) hayvonlar uchun erkin kirishi ta'minlangan qulay joyga joylashtiriladi. Aniq dozalash talab qilinmaydi, kuniga 50-100 g iste'mol qilishi mumkin. O'rtacha kunlik iste'mol tananing individual ehtiyojlariga bog'liq. Aralashmaning tarkibiy qismlarini hayvon tanasiga asta-sekin, bir xil va muntazam ravishda qabul qilish ozuqa moddalarining to'liq o'zlashtirilishiga yordam beradi.
NOJO'YA TA'SIRI:
Ushbu mahsulot tabiiy ingrediyentlardan tayyorlangan. Unda antibiotiklar, gormonal dorilar va GMO mavjud emas. Mahsulotdan foydalanish paytida nojo'ya ta'sirlar va asoratlar aniqlanmadi, mahsulotdan foydalangandan keyin hayvonlarning go'shti va suti cheklovlarsiz ishlatiladi.
YAROQLILIK MUDDATI VA SAQLASH:
Mahsulotni quruq va salqin xonada, -10 dan +30 gacha bo'lgan haroratda va 75% dan oshmaydigan namlikda saqlang. Saqlash shartlariga rioya qilgan holda saqlash muddati mahsulot ishlab chiqarilgan kundan boshlab 12 oy.
QADOQLASH:
Mahsulot termal qadoqlarga qadoqlangan, vazni 4,5 kg
Tarkibi:
| Nomi | Formula | Miqdori (%) |
|---|---|---|
| Natriy xlorid | NaCl | 96,56% |
| Natriy sul'fat | Na2SO4 | 0,18% |
| Kaltsiy sulfat | CaSO4 | 1,159% |
| Magniy xlorid | MgCl2 | 0,50% |
| Kaltsiy bikarbonat | Ca(HCO3)2 | 0,159% |
| Kaliy nitrat | KNO3 | 0,10% |
| Natriy nitrat | NaNO3 | 0,38% |
| Namlik | - | 0,27% |
| Ost xlor | Cl | 0,005% |
| Temir oksidi (II) | FeO | 0,08% |
| Suvda erimaydigan modda | - | 0,607% |
| Kaliy iodid | KIO3 | (40±15) gr/tn. |

